BO‘YIGA: 1. Bo‘lib
o‘tgan hodisa, ro‘y bergan ish. 3. Bolgariyadagi port
shahar. 4. Yorga erishuv, yor bilan uchrashuv. 6. Mashhur slavyan
bashoratchilaridan biri. 7. Ma’lum shakl va o‘lchamdagi
qog‘oz yoki boshqa yupqa narsa. 10. Armiyada ko‘p yil
xizmat qilgan, urushlarda qatnashgan harbiy xizmatchi. 11. Dunyodagi
maydoni bo‘yicha eng kichik davlat. 12. Biror shaxs, muassasa,
tashkilot, davlat nomidan ish qilish uchun berilgan huquq. 16.
Biror ishdan bosh tortish, o‘zini olib qochish uchun yoki
o‘z xatti-harakatini asoslash, oqlash maqsadida ro‘kach
qilingan dalil, bahona. 17. Turkiyadagi sho‘r ko‘l.
18. Ulg‘ayib, balog‘atga yetgan. 19. Yuqumli kasalliklar
infektsiyasi. 23. Voyaga yetmagan yetim bolalarga g‘amxo‘rlik
qilishni va ularga meros meros qolgan mol-mulkka (bolalar voyaga
yetguncha) qarab turishni o‘z ustiga olgan shaxs. 24. Ilohiy
xabar. 28. Ashula qilib aytish uchun mo‘ljallangan asar.
29. Biror soha, ijtimoiy guruh yoxud jamiyatga mansub kishi. 32.
Rasmiy ravishda biror davlatda, biror shaxs xuzurida qisqa suratda
bo‘lish; tashrif.
ENIGA: 2. Qattiq og‘riq, alam tuyg‘usini ifodalovchi
so‘z. 5. Neftdan olinadigan va meditsinada, texnikada ishlatiladigan
quyuq moy. 8. Cho‘milish uchun mo‘ljallangan maxsus uzun
tos. 9. Farg‘ona vodiysidagi oltin koni. 13. Markaziy Yevropadagi
xalq. 14. Turli mashina va mexanizmlarda o‘z o‘qi atrofida
aylanadigan va o‘ziga o‘rnatilgan detalga aylanma harakat
va kuch uzatadigan detal. 15. Aylananing ikki nuqtasini tutashtiruvchi
to‘g‘ri chiziq kesmasi. 20. Daryo bo‘ylab cho‘zilgan
yoki tog‘lar orasidagi keng tekislik. 21. Qandolat mahsulotlari
tayyorlashda ishlatiladigan modda. 22. Chiroylib barno. 25. Kishining
tug‘ilib-o‘sgan o‘lkasi. 26. Rossiyadagi mashhur
avtozavod. 27. Erta tong. 30. Mag‘rurona va ulug‘vor
ko‘rinish, salobat. 31. Allohga yetishgan, avliyo. 33. Tibbiyotda
ishlatiladigan surtma. 34. “Mo‘’jizalar maydoni” (ORT)
ko‘rsatuvini tayyorlaydigan mashhur telekompaniya.