Ushbu vengercha krossvordda
Qur’oni
karimda zikr etilgan 25 payg‘ambar nomlari yashiringan.
1. Birinchi payg‘ambar, Qobil va Hobilning otasi (4). 2.
Jabroil farishta birinchi bo‘lib vahiy keltirgan payg‘ambar
(5). 3. O‘z qavmi ichida 50 yili kam ming yil yashagan payg‘ambar
(3). 4. Dahshatli, quturgan bo‘ron bilan halokatga uchragan
Od qavmini hidoyatga boshlagan payg‘ambar (3). 5. Samud qavmini
hidoyatga boshlagan payg‘ambar (5). 6. “Payg‘ambarlar
otasi” nomi bilan mashhur bo‘lgan payg‘ambar (7).
7. Tarixda hozirgi O‘lik dengiz o‘rnida yashagan dinsiz
qavmni hidoyatga boshlagan payg‘ambar (3). 8. Ibrohim alayhissalomning
Alloh taolo qurbonlik qilish uchun buyurgan o‘g‘li (6).
9. Ibrohim alayhissalomning o‘g‘li, Yoqub alayhissalomning
otasi (5). 10. Yusuf, Bunyominlarning otasi, payg‘ambar (4).
11. O‘zining g‘oyatda go‘zal husni bilan mashhur
bo‘lgan payg‘ambar (4). 12. “Payg‘ambarlar
xatibi” nomini olgan payg‘ambar (5). 13. Dunyodagi eng
sabrli inson deya ta’rif etilgan payg‘ambar (3). 14.
Ayub alayhissalomning o‘g‘li; ikkinchi nomi – Bishr
(7). 15. Misr fir’avni Ramzis II davrida yashagan payg‘ambar
(4). 16. Muso alayhissalomning birodari, “Bani Isroil” qavmini
hidoyatga boshlagan payg‘ambar (5). 17. Alloh taolo “Zabur” kitobini
tushirgan payg‘ambar (5). 18. Jinlarni bo‘ysundirgan
payg‘ambar (8). 19. Ba’labakka shohi Ajibni hidoyatga
da’vat etgan payg‘ambar (4). 20. Ilyos alayhissalomdan
so‘ng uning da’vatini davom ettirgan payg‘ambar
(5). 21. Qur’oni karimdagi hikoyatga ko‘ra birgina itoatsizligi
uchun dengizda kit yutib yuborgan payg‘ambar (4). 22. Yahyo
alayhissalomning otasi, payg‘ambar (7). 23. Iso alayhissalomdan
oldin o‘tgan payg‘ambarlardan biri (3). 24. “Ruhulloh”, “Masih” nomlarini
olgan payg‘ambar (3). 25. Sarvari koinot, oxir zamon payg‘ambari
(8).