Ziyo-uz sayti mahsuloti. Ziyo-uzning bosh sahifasiga o`tish uchun shuni bosing...
BIRINCHI O‘ZBEKCHA KROSSVORD, SKANVORD, BOSHQOTIRMALAR SAYTI
Assalomu alaykum! Saytimizga xush kelibsiz!!! Kross-Uz - O`zbekistondagi birinchi krossvordlar sayti.
Kross-Uz- Birinchi o`zbekcha krossvordlar sayti
 
» Forum
KROSSVORDLAR
SCANVORDLAR
BOSHQOTIRMALAR
SIKLOKROSSVORD
YAPONCHA KROSSVORD
VENGERCHA KROSSVORD
SO‘Z O‘YINI
 
Tuzuvchi: Davronbek Tojialiyev
 
Saytdagi boshqotirmalar mualliflik huquqi qonunlariga muvofiq himoyalangan. Boshqa manbalarda chop etish faqatgina muallif ruxsati bilan mumkin.
 

"O‘ZBEK ADABIYOTI " VENGERCHA KROSSVORDI

1. Turkiy tilning birinchi tilshunos olimi, “Devoni lug‘otut turk” asari muallifi (8). 2. Mashhur muhaddis alloma, “Al-jome’ as-sahih” asari muallifi (7). 3. Qashqar eligi Tabg‘ach Bug‘roxon tomonidan berilgan “Eshik og‘asi” unvoni egasi, “Qutadg‘u bilig” asari muallifi (8). 4. Xorazmning Raboti O‘g‘uz degan joyida tug‘ilgan olim, 72 bobdan iborat “Qissasul anbiyo” asari muallifi (8). 5. Dod Sipohsolorbekka bag‘ishlangan “Xibatul xaqoyiq” asari muallifi (7). 6. Sharqdagi buyuk tariqat asoschisi, “Devoni hikmat” muallifi (7). 7. “Gulistoni bit-turkiy”, “Suhayl va Guldursun”, “Vasfush shuaro” asarlari muallifi (6). 8. Turkiy tilda noma janri asoschisi, “Muhabbatnoma” asari muallifi (8). 9. Puryorvaliy, Qitoliy taxalluslari bilan ijod qilgan shoir, “Kanzul xaqoyiq” asari muallifi (6). 10. Navoiyning “Orazin yopg‘och” g‘azaliga yuksak ta’rif bergan ustoz, mashhur shoir, Ali Yazdiyning “Zafarnoma”si tarjimoni (6). 11. Fazal mulkining sultoni, turk tilining go‘zalligini butun adabiyot ahliga isbotlagan alloma, “Xamsa”, “Xazoinul maoniy”, “Lisonut tayr”, “Mahbubul qulub” kabi bir qator asarlar muallifi (6). 12. Bobur “karimut tarafayn” deb atagan shoh va shoir, “Risola”, “Devon” asarlari muallifi (7). 13. “Gulzor” va ”Miftohul adl ” asarlari muallifi (4). 14. Shoh Budog‘ning o‘g‘li, ajoyib shoir va hukmdor, “Devon”, “Bahrul hidoya”, “Shahidi shuhado” asarlari muallifi (11). 15. “Shayboniynoma” asari muallifi (5). 16. Farg‘ona hukmdori Umarshayx Mirzoning o‘g‘li, “Mubayyin”, “Muxtasar” asarlari muallifi (5). 17. “Shajarai tarokima”, “Shajarai turk”, “Manofe’ul inson” tarixiy asarlari muallifi (11). 18. Buyuk mutasavvuflardan biri, “Sabotul ojizin”, “Maslakul muttaqin”, “Najotul tolibin” asarlari muallifi (6). 19. Alisher Navoiy “Majolisun nafois”da “Balxda bo‘lur erdi, Ismoil ota farzandlaridin erdi” deya ta’riflagan shoir kim edi? (5). 20. Qo‘qonlik shoir, “Zarbulmasal” asari muallifi (8). 21. XVII asr o‘rtalarida yashagan shoir, “Kenglik qiling”, “Bu mulk” g‘azallari, “Az-zaboni xon” muxammasi muallifi (7). 22. Lutfiy g‘azaliga tazmin – “Xoh inon, xoh inonma” g‘azali muallifi (6). 23. “Rohati dil” dostoni muallifi (7). 24. XVIII asrda yashagan buxorolik shoir, “Hasbi hol” biografik asari muallifi (4). 25. “Munojot”, “Qozi Muhammad Rajab Avj”, “Hoji Niyoz”, “Hapalak” kabi hajviyalar muallifi (6). 26. Xorazmlik shoir, tarixchi, tarjimon, xattot, mirob (5). 27. Marg‘ilonlik xassos shoira, “Shahzoda Hasan”, “Voqeai Muhammadalixon”, “Karbalonoma” asarlari muallifi (7). 28. Qo‘qon xoni Umarxonning zavjasi, shoira (6). 29. XIX asrning Navoiysi deya ta’riflangan shoir, mutarjim, tarixchi, “Ta’vizul oshiqin” devoni muallifi (6). 30. XIX asrda yashagan toshkentlik shoir, “Kalila va Dimna” tarjimoni (6). 31. Otin, shoira, “Tarixi muhojiron”, “Tarjimai hol” asarlari muallifi (5). 32. Qo‘qon xoni Norbo‘tabiyning o‘g‘li, shoira Nodiraning zavji, ajoyib shoir (6). 33. “Tanobchilar” asari muallifi (7). 34. Yorkentga hijrat qilgan, bir qancha davlatlarda sayohatda bo‘lgan shoir (6). 35. Qo‘qonlik shoir (XIX asr), “Jahonda kamsuxan kim bo‘ldi” g‘azali muallifi (6). 36. Xiva xoni Muhammad Rahim II va Asfandiyor davrida yashab, ijod qilgan shoir (4). 37. Dilshodi Barno “Muhojirlar tarixi” asarida bashorat qilgan shoira, “Falsafai siyohon” asari muallifi (4). 38. Birinchi o‘zbek dramasi - “Padarkush” muallifi (8). 39. “Birinchi muallim” (1909), “Adabiyot yoxud milliy she’rlar” darsliklari muallifi (6). 40. Sadriddin Ayniy “Turkiyada o‘qiydurg‘on talabalarning eng a’losi” deya ta’riflagan adib kim edi? (6). 41. “Haqiqat kimda?” degan birinchi o‘zbek romanini yozgan (lekin u asar yo‘qolib qolgan) kim edi? (5). 42. O‘zbek va tojik adabiyoti darg‘asi, “Qullar” romani muallifi (5). 43. Qo‘qon muxtoriyatining madhiyasini yozgan shoir kim edi? (6). 44. Pushkinning “Kapitan qizi”, Gogolning “Uylanish” va “Revizor” asarlarini tarjima qilgan adib (6). 45. M. Sheverdin “zararli asar” deb ta’riflagan, Sotti Husayn qattiq tanqid qilgan birinchi o‘zbek milliy romani muallifi (7). 46. 9 yoshida otadan, 12 yoshida onadan ayrilgan mashhur shoir, yozuvchi, “Yodgor”, “Netay” qissalari muallifi (5). 47. Abdulla Oripov “U hali qahqahaga aylanmay, lablarimizda manguga qotib qolgan nim tabassumdir” deya ta’riflagan shoir kim edi? (5). 48. 20 jildlik mukammal asarlar to‘plami sohibi, shoir, yozuvchi (5). 49. “Gulsara”, “Nurxon” pesalari muallifi (4). 50. N. A. Ostrovskiyning “Po‘lat qanday toblandi”, Pushkinning “Kavkaz asiri”, “Suv parisi” asarlarining tarjimoni kim? (7). 51. Ibrohim Fofurov “U ijodda yangi so‘z aytdi, chinakam she’riy kashfiyotlar qildi” deya ta’riflagan shoir kim? (8). 52. Qozog‘istonning Marki shahrida tug‘ilgan, asl ismi Rahmatilla bo‘lgan o‘zbek shoiri (5). 53. Hamid Olimjon “U fikrlar shoiridir, siyosiy she’rlar yaratgan san’atkordir” deya kimni ta’riflagan edi? (8). 54. “Bo‘rondan kuchli”, “Qudratli to‘lqin” romanlari muallifi, davlat arbobi (7). 55. “Tong kuychisi” (Mirtemir), mashhur o‘zbek shoirasi (6). 56. “Buxoroning jin ko‘chalari”, “Opa-singillar”, “Tug‘ilish”, “Davr mening taqdirimda” asarlari muallifi (6). 57. “Ho‘jand qal’asi”, “Ilon o‘chi” romanlari muallifi (9). 58. “Kafansiz ko‘milganlar” asari muallifi (8). 59. Birinchi o‘zbek trilogiyasi muallifi (5). 60. “Uch ildiz” asarini o‘qib, Abdulla Qahhor “U adabiyotga momaqaldiroqdek gulduros solib kirib keldi” deya kimni ta’riflagan edi? (7). 61. “Shinelli yillar”, “Jannat qidirganlar”, “Oltin zanglamas” romanlari muallifi (6). 62. Dantening “Ilohiy komediya”sining birinchi qismini tarjima qilgan shoir (6). 63. “Ikki eshik orasi”, “Tushda kechgan umrlar” romanlari muallifi (7). 64. O‘zbekiston Qahramoni, Xalq shoiri, “O‘zbegim”, “Inson” qasidalari muallifi (7). 65. “Sariq devni minib”, “Shirin qovunlar mamlakati“, “Mungli ko‘zlar“ romanlari muallifi (9). 66. “So‘nggi bekat”, “Qil ko‘prik”, “Olabo‘ji” romanlari muallifi (10). 67. Yozuvchi Said Ahmadning zavjasi, “Ruh bilan suhbat” dostoni muallifi (9). 68. O‘zbek adabiyotidagi eng mashhur qisanavis, “Muqaddas”, “Tengdoshlar”, “Matluba”, “Qanot juft bo‘ladi“ asarlari muallifi (6). 69. Molerning “Soxta oqsuyak”, Nushichning “Vazirning janobi oliyalari”, Mixalkovning “Dumaloq xat” asarlarini o‘zbekchalashtirgan adib (6). 70. “Odam bo‘lish qiyin”, “Tohir va Zuhra” romanlari muallifi (9). 71. O‘zbekiston xalq shoiri, “Abdullajon marsiyasi”, “Ona Turkiston” asarlari muallifi (5). 72. “Sarbadorlar” asari muallifi (11). 73. “Men she’r yozsam, endi uni qog‘ozga emas, anov yal-yal yonib turgan o‘tga yozaman” misralari muallifi kim? (6). 74. “So‘nggi o‘q”, “Shaytanat” qissalari muallifi (5). 75. “Temir xotin” komediyasi muallifi (8). 76. “Saodat sohili”, “Ko‘ngul ozodadur”, “Yozning yolg‘iz yodgori” asarlari muallifi (8). 77. “Yoshlar” telekanali rahbari, “Sohibqiron nabirasi” asari muallifi (6). 78. Mashhur shoir, “Oqpadar” dostoni muallifi (4). 79. Shoir, “Izohsiz lug‘at” dostoni muallifi (9). 80. “Jajman”, “Oromkursi”, “Bozor” asarlari muallifi (12). 81. “Lolazor” romani muallifi (12). 82. “Ot kishnagan oqshom”, “Oydinda yurgan odamlar”, “Bu dunyoda o‘lib bo‘lmaydi“ asarlari muallifi (5). 83. “Unutilgan sohillar” romani muallifi (5). 84. “Bog‘bolalik ko‘kaldosh”, “Javob” asarlari muallifi (7). 85. “Xaroba shahar suvrati”, “Quyun”, “Maymun yetaklagan odam” hikoyalari muallifi (9). 86. O‘shlik mashhur shoir, “Saylanma” she’riy to‘plami muallifi (6). 87. “Xayrlashuv”, “Qurultoy notiqlariga”, “Haqiqat“ she’rlari muallifi (8). 88. Mashhur qo‘shiqchi shoir, “Kokilingni kim kesdi?“, “Yur, Muhammad, ketdik bu yerdan” she’rlari muallifi (12). 89. Shoir, “Uzoqlashayotgan og‘riq” dostoni muallifi (10). 90. Shoir, “Ibtido xatosi” dostoni muallifi (5). 91. “Puch” dramasi muallifi (9). 92. 80 – 90-yillardagi mashhur publitsist (5). 93. Mashhur jurnalist, publitsist, “Oy borib omon qaytmagan bolam” asari muallifi (6). 94. “Nodirabegim” dramasi muallifi (4). 95. Mashhur yozuvchi, “Bir million fojeasi” asari muallifi (5).